Mirobod tumani Eski Sariko’l ko’chasida joylashgan turar-joy majmuasi New Zealand kompaniyasi tomonidan qurilgan. Majmuam 16 qavatdan iborat bo’lib, 543 ta xonadondan tashkil topgan. Bino monolit tipida mustahkam qilib qurilgan. Majmua komfort sinfiga kiradi. Ochiq avtoturargoh mavjud. Hudud videokuzatuv tizimi bilan qo’riqlanadi.
Infratuzilma
Yaqin o’rtada Mirobod dehqon bozori, Furqat bog’i, 3-sonli shahar klinik shifoxoasi, o’quv markazi joylashgan. Uncha uzoq bo’lmagan masofada bog’cha va maktablar, Korzinka supermarketi, Toshkent xalqaro aeroporti, mehmonxonalar, o’quv markazlari va boshqa muassasalarni topish mumkin. Toshkent metro bekatidan atiga 9 minutli piyoda bosib o’tiladigan masofada joylashgan.
Xonadonlar
Xonadonlar qora suvoq holatida topshiriladi. Shift balandligi 3,3 metr. Har bir xonadon alohida isitish tizimiga ega. Ba’zi xonadonlarda balkon mavjud. Quruvchi tomonidan 1,2 va 3 xonali xonadonlarning rejalashtirish variantlari taqdim etilgan.