“New House” turar - joy majmuasi xonadonlarida yashashni boshlaganingizda, hayotingizda yorqin o'zgarishlarni his qila boshlaysiz. Hashamatli ko'rinishga ega komfort - klass turar – joy majmuasi rivojlangan hududda joylashgan. Loyiha asoschilari ko'p yillik tajribaga ega bo'lib, ko'p qavatli uylar qurilishi uchun umumiy maydoni 21 000 m²ni o'z ichiga oladigan zamonaviy loyihani yaratdilar. 9 qavatli uylarning arxitekturasi va dizaynida siz nozik didga ega bo'lgan Yevropa uslubini ko'rishingiz mumkin. Binoning devorlari g'ishtdan qurilgan bo'lib, bu uylarning mustahkamligi va zilzilaga chidamliligidan dalolat beradi. Yashovchilar xavfsizligi uchun hovlining bir nechta burchaklarda zamonaviy kuzatuv kameralari o'rnatilgan.
“New House” turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Boy infratuzilma odamlarning turmush darajasini oshiradi va ko'p sohada vaqtni ham tejaydi. Jamoat transporti bekatlarining yaqinligi ishga borishingiz yoki bolalaringiz o'qishga borishlari uchun muhim qulaylik hisoblanadi. Uydan piyoda masofada Beruni metrosi, avtobus bekati, supermarket, dorixona, kiyim - kechak do'koni, bank va oilaviy poliklinika joylashgan.
Hovlida turli yoshdagi bolalar uchun o'yin maydonchasi va kattalar uchun shinam dam olish zonasi mavjud. Uyga qaytganingizda har kuni avtomobilingizni joylashtirish haqida bosh qotirishingiz shart emas. Majmuaning o'zida ochiq va yopiq avtoturargohlar mavjud.
“New House” turar - joy majmuasining xonadonlari
Xaridorlar uchun 2 dan 4 xonaligacha xonadonlar taqdim etiladi. Ularning maydoni 63 m² dan 95 m² gacha. Bunday ishonchli uy - joy sotib olib, siz o'z kelajagingizga foydali sarmoya kiritasiz.