Navruz Group kompaniyasi hashamatli «Navro'z» turarjoy majmuasini taqdim etadi! 12 qavatli binodagi shinam xonadonlar sizga transport qulayligi va rivojlangan infratuzilmani taqdim etadi. Turarjoy majmuasi ikki blokdan iborat boʻlib, 2000 kvadrat metr maydonni egallaydi. Maydoni 30dan 72 m²gacha boʻlgan 1,2 va 3 xonali kvartiralar sotuvga qoʻyilgan. Ular toʻliq taʼmirlanmagan holda topshiriladi, interyer dizaynini oʻzingiz xohlaganingizcha yaratishingiz mumkin.
Joylashuv
Turarjoy majmuasi Yakkasaroy tumani, Shota Rustavelli koʻchasida qurilgan. Uning joylashuvi avtomobil yoʻllari va jamoat transportidan qulay foydalanish imkonini beradi. 172-sonli maktab va bolalar bogʻchalariga piyoda yetib olsa boʻladi. Transportda bir necha daqiqada siz Vega Center savdo markaziga yoki Dream Parkga (Gʻafur Gʻulom bogʻi) borishingiz mumkin.
Infratuzilma
Binoning pastki qavati turli do'konlar uchun ajratilgan. Buning yordamida aholi uchun zarur boʻlgan hamma narsa bir qadamlik masofada boʻladi. 12-qavatda ochiq havoda dam olishingiz va shaharning goʻzal manzarasidan bahramand boʻlishingiz uchun terrasa joylashgan. Hovli esa bolalar maydonchasi va sayr qilish yoʻlaklari bilan taʼminlangan. U yashil landshaft bilan bezatilgan. Aholi uchun yer osti avtoturargohi qurilgan. Xavfsizlik tizimi va videokuzatuv kameralari kun-u tun ishlaydi. Qurilish ishlari 2024 yil boshida yakunlanishi rejalashtirilgan.
Keng xonadonlar va qulay yashash sharoitlarini taklif qiluvchi ushbu turarjoy majmuasi poytaxt markazidan yangi uy izlayotganlar uchun ideal tanlovdir.