"Mening Uyim" - bu 3 500 m² maydonga ega bo'lgan yangi komfort - klass turar - joy majmuasi. Ushbu majmua loyihasida aholi uchun qanday sharoitlar yaratilganligini ko'rish mumkin. 8 qavatli binolar hi - tech uslubida qurilgan bo'lib, bu hozirda ko'plab xaridorlarning talabi hisoblanadi. Uylarning zilzilaga chidamliligini bino poydevorining mustahkamligidan ham tushunish mumkin. Ushbu landshaft dizaynga ega majmua hovlida shinam dam olish zonalarini taqdim etadi. Uylar g'ishtdan qurilgan bo'lib, bu xonadonni tashqi shovqindan himoya qiladi va binoda havo yaxshi aylanishini ta'minlaydi. Xavfsizlik tizimi yuqori darajada ishlaydi. Kuzatuv kameralari o'rnatilganligi va majmuani qorovul nazorat qilishi sababli, barcha aholi hotirjam yashashlari mumkin.
"Mening Uyim" turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Majmua Yunusobod tumanida markaz yaqinida joylashgan. Uyga yaqin joyda Yunusobod metrosi, savdo markazi, go'zallik saloni, bozor, masjid, ta'lim muassasalari, oilaviy poliklnika va restoran mavjud.
Zamonaviy jihozlangan hovli har bir yashovchi yoki ularning mehmonlariga yaxshi kayfiyat bag'ishlaydi. Farzandlaringizga g'amxo'rlik qilgan holda hovli markazida keng o'yin maydonchasi tashkil etilgan. Aholi o'z transport vositalarini yer osti yoki yer usti avtoturargohlariga joylashtirishlari mumkin.
"Mening Uyim" turar - joy majmuasining xonadonlari
1 dan uch xonaligacha bo'lgan xonadonlar egalariga qora ishlov shaklida topshiriladi. Ularning maydoni 47² dan 91 m² gacha. Shuningdek, xonadon sotib olishda muddatli to'lov imkoniyatidan foydalanish mumkin.