“Minor River” - bu tashqi ko'rinishi bilan odamni o'ziga maftun etuvchi elita turar - joy majmuasi. Ishonch Story Building bino arxitekturasi va dizayni bo'yicha eng mashxur mutaxassislar bilan ish olib borgan. 9 qavatli binoda ark ko'rinishidagi elementlar, mustahkam ustunlar va balkon uchun foydalanilgan naqshli to'siqlarni ko'rishingiz mumkin.
“Minor River” turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Majmuaning Shayxontohur tumanida joylashganligi uy egalariga sifatli ta'lim olish yoki biznesini rivojlantirish kabi ko'plab imkoniyatlarni taqdim etadi. Majmuaning umumiy maydoni 2 000 m² ni tashkil etadi va xavfsizlik uchun bir nechta kuzatuv kameralari o'rnatilgan. Uydan piyoda masofada 20 - maktab, bolalar bog'chasi, kafe va tibbiyot markazi joylashgan.
Hovlida bolalaringiz uchun qiziqarli o'yin maydonchasi mavjud. Yoz kunlarida do'stlar bilan majmua hovuzida suzish juda yoqimlidir. Bundan tashqari, yashovchilar ochiq avtoturargohlardan foydalanishlari mumkin.
“Minor River” turar - joy majmuasining xonadonlari
Xaridorga tanlov uchun jami 32 ta xonadon taqdim etilgan. Ularning maydoni 80 m² dan 107 m² gacha. Shiftlarning balandligi 3,5 metr bo'lganligi sababli xonalar keng ko'rinishga egadir. Ushbu xonadonlarning afzalligi shundaki, ular tayyor ta'mirga ega. Haridni amalga oshirgandan so'ng ta'mirlash ishlari tugashini kutishingiz shart emas, xohlagan vaqtda yangi xonadoningizga ko'chib o'tishingiz mumkin. Uylar tezyurar liftlar bilan jihozlangan va har bir xonadonda IP domofon o'rnatilgan.