Minerva City — bu shunchaki turarjoy majmuasi emas, u oʻzining yuqori darajadagi infratuzilmasi va yuqori sifatli turarjoy binolariga ega “shaharchadir”. Hashamatli 40 qavatli egizak binolar endi nafaqat orzularingizda, balki sizning shahringizda, aniqrogʻi Minerva Cityda. MJ Developers Toshkentning ajoyib manzarasi koʻrinadigan shinam kvartiralar va hashamatli penthauslarni taklif etadi. Maftunkor arxitektura, qulay joylashuv, goʻzal hovlilar turarjoy majmuasining koʻplab afzalliklaridandir.
Turarjoy majmuasidagi sharoitlar
Turarjoy majmuasi oʻz aholisiga oʻzining hududida barcha qulayliklarni taklif etadi: sport maydonlari, golf maydonchalari, fitnes klublari, spa markazlari, kinoteatr, kutubxona, IT-park, biznes markazlari, bolalar bogʻchasi, maktab va hattoki xususiy universitet. Doʻkonlar, supermarketlar, kafelar va restoranlar — bu yerda hamma narsa yaqiningizda bo'ladi. Atrof-muhit va aholi salomatligini asrash uchun umumiy maydonning 60 foizi yashil zona uchun ajratildi. Oila aʼzolar bilan maroqli vaq o'tkazish uchun bolalar maydonchalari va sayr qilish joylari mavjud. Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida butun turarjoy majmuasi qoʻriqlash xizmati va videokameralar nazorati ostida bo'ladi.
Xonadonlar narxlari
Minerva Cityda uy sotib olish uchun atigi 20% boshlangʻich toʻlovni qilishingiz kerak, qolganini esa 36 oy davomida foizsiz muddatli toʻlov sifatida amalga oshirishingiz mumkin. Siz oʻzingizning shaxsiy talablaringiz va didingizga koʻra bo'lajak uyingizning loyihasini ishlab chiqishingiz mumkin. Bunda sizga mutaxassislar yordam beradi.
Agar hali ham turarjoy majmuasi haqida tasavvurga ega boʻlmagan boʻlsangiz, sizni shou-rumga taklif qilamiz. Bu yerda siz kelajakdagi uyingizni koʻrishingiz va qurilish materiallari bilan tanishishingiz mumkin.