"Million House" - bu milliy an'analarimizning yorqin namoyondasiga aylangan komfort - klass turar - joy majmuasi. Majmuaga kirishda siz arq elementlariga ega ko'p qavatli uylarni ko'rishingiz mumkin. Maydoni 2 000 m² bo'lgan majmuaga ikkita 5 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. Binoning arxitekturasi va dizaynini yaratishda malakali jamoa ish olib bordilar. Xonadonlarda panoramali derazalar o'rnatilgan va har birining isitish tizimi individualdir. Shuningdek, siz ushbu zamonaviy xonadonlardan birini sotib olib, ajoyib hovli sharoitlariga ham ega bo'lasiz. Hovli shovqindan himoyalangan va hatto yoz kunlarida ham ekilgan daraxtlarning ko'pligi tufayli salqindir. Mijozlarga xonadon sotib olishda yanada qulaylik yaratish maqsadida muddatlu to'lov imkoniyati ham yaratilgan.
"Milliy uy" turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Majmua poytaxtning Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan. Uydan piyoda masofada Yangi O'zbekiston bog'i, savdo markazi, 343 - maktab, bolalar bog'chasi, masjid, avtoservis, tibbiyot markazi va restoranlar joylashgan.
Hovlida bolalaringiz uchun xavfsiz va zamonaviy o'yin maydonchasi mavjud. Siz dam olish zonalarida qo'shnilaringiz bilan yig'ilib dam olishingiz mumkin. Avtomobilingiz uchun yer osti va yer usti avtoturargohlari qurilgan bo'lib, bu sizga xotirjamlik hissini beradi.
"Million House" turar - joy majmuasining xonadonlri
Xonadonlar egalariga qora ishlov shaklida topshiriladi. Sotuv uchun 2 dan 4 xonagacha xonadonlar qurilmoqda. Ularning maydoni 54 m² dan 1787 m² gacha. Uylarda tezyurar liftlar o'rnatilgan.