Qulaylik, zamonaviy dizayn va hamyonbop narxlarni o‘zida mujassam etgan yangi “Majnuntol” turarjoy majmuasiga e'tiboringizni qaratmoqchimiz. Turarjoy majmuasi to‘qqiz qavatli binodan, shuningdek, bolalar maydonchalari va obodonlashtirilgan landshaftga ega yopiq hovlidan iborat. Bu yerda siz tayyor ta'mirlangan shinam xonadonlarni topasiz.
Infratuzilma
Turarjoy majmuasi rivojlangan infratuzilma va yaxshi joylashuvga ega. U Bektemir tumanida, yer usti metrosining 6-bekatidan uncha uzoq bo'lmagan joyda joylashgan. Supermarketlar, dorixonalar, kafelar, restoranlar, bolalar bog'chasi va maktablar bir qadamlik masofada joylashgan. Shuningdek, yaqin atrofda Compass savdo-ko'ngilochar markazi va Qo'yliq bozori joylashgan.
Go'zal arxitektura va obodonlashtirilgan hovli barcha aholini quvontiradi. Bolalar maydonchalari ochiq havoda qiziqarli o'yinlar uchun jihozlangan. Har bir podyezdda shovqinsiz, tezyurar liftlar o‘rnatilgan. Avtomobilingiz uchun yer osti avtoturargohi taqdim etiladi. Maxsus xavfsizlik xizmati, domofonlar, shuningdek, 24/7 video kuzatuvi aholining xavfsiz yashashini ta'minlaydi.
Xonadonlar
Majmuada bir xonali, ikki xonali va uch xonali uylar tayyor ta'mirlangan holda sotiladi. Ko'chishdan oldin ta'mirlashga vaqt sarflashingiz shart bo'lmaydi. Uyning devorlari g'ishtdan qurilgan bo'lib, ular yuqori darajadagi ovoz izolyatsiyasini ta'minlaydi va uy ichida ortiqcha namlikni saqlamaydi. Kvartiralarning shiftlari baland qurilgan. Ularning balandligi 3,15 metrni tashkil etadi, bu bolalar xonasini ikki darajali mebel bilan jihozlash uchun juda qulaydir.