Bazis-T kompaniyasi tomonidan qurilgan “Koʻh Ota” turarjoy majmuasida haqiqiy qulaylik va hashamatda yashaysiz! Turarjoy majmuasi 9 va 12 qavatli binolardan iborat boʻlib, unda terrasasi bor qulay xonadonlar joylashgan. Majmua ichida bolalar va sport maydonchalari, shinam ayvonlar va favvora mavjud. Hovliga daraxtlar, gullar, maysazorlar ekilgan boʻlib, unda nihoyatda yoqimli mikroiqlim yaratilgan.
Turarjoy majmuasi Toshkent shahrining tarixiy tumanida, Nurafshon koʻchasida, Koʻh-Ota masjidi yonida joylashgan. Uning yonida Kalkovuz kanali oqib oʻtadi. Zamonaviy qulayliklar va anʼanaviy madaniyatning ajoyib uygʻunligi boʻlgan hududda yashash uchun ushbu noyob imkoniyatdan foydalanib qoling!
Infratuzilma
Turarjoy majmuasi Gʻafur Gʻulom metro bekatidan bir necha daqiqa piyoda yurishlik masofada joylashgan. Yaqin atrofda bolalar bogʻchalari, maktablar, supermarketlar, Navroʻz bogʻi, shuningdek, poytaxtning eng qadimiy bozorlaridan biri Chorsu bozori joylashgan.
Turarjoy majmuasida doʻkonlar va qahvaxonalari bor savdo galereyasi mavjud. Avtomobil egalari uchun yer osti avtoturargohi qurilgan. U kuzatuv kameralari va lift bilan jihozlangan. Lift borligi uchun uyingizdan avtomobilingizgacha boʻlgan yoʻl endi juda qulay va tez boʻladi.
Qurilish haqida batafsil
Loyihalash va qurilish Qozogʻiston qurilish xoldingi BAZIS-Aning rasmiy vakili tomonidan amalga oshirildi. U ushbu sohada koʻp yillik xalqaro tajribaga ega ishonchli quruvchi hisoblanadi. Binolar maxsus seysmik sinovdan oʻtgan va 7-9 ballgacha boʻlgan zilzilalarga bardosh bera oladi. Ularning dizayni neoklassik uslub va milliy bezak elementlarini mohirlik bilan uygʻunlashtira olgan. Fasad devorlari gazoblokdan qilingan, bazalt qoplama esa issiqlik izolatsiyasini taʼminlaydi. Turarjoy majmuasidagi maydoni 42dan 114 m²gacha boʻlgan xonadonlar 3 metrli baland shiftlar, terrasalar va panoramali derazalar bilan qurilgan.