"Jangokh" zamonaviy Genesys qurilish kompaniyasining innovatsion komfort – klass turar - joy majmuasidir. Majmua rivojlangan va shu bilan birga tinch tumanda joylashgan. Kompaniya juda katta loyihaga qo'l urdi. Sakkiz qavatli uylardan 8 ta qurilishi rejalashtirilgan. Binoning tashqi ko'rinishida tarixiy binolarni eslatuvchi milliy naqshlarimizdan mohirona foydalanilgan. Xaridorlar tanlovi uchun 210 ta xonadon mavjud.
"Jangokh" turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Majmua joylashgan Shayxontohur tumani mamlakatimizning eng go'zal va mashhur tumanlaridan biri hisoblanadi. Majmua yaqinida G'ofur G'ulom metrosi, Abdulla Qodiriy bog'i, masjid va supermarketlar joylashgan.
Hovli atrofi binolarga mos naqshli temir panjara bilan o'ralgan. Kirish paytida qorovul barcha tashrif buyuruvchilarni nazorat qiladi, avtomobillar uchun esa shlagbaum mavjud. Bu sizning bolalaringiz sevimli o'yin maydonchasida xavfsiz o'ynashlari mumkinligini anglatadi. Hovlidagi kichik favvora va atrofida tashkil etilgan dam olish zonalari majmuaning eng shinam joylari hisoblanadi. Avtomobilingiz xavfsizligi uchun siz yer usti avtoturargohidan foydalanishingiz mumkin.
“Jangokh” turar - joy majmuasining xonadonlari haqida to'liqroq ma'lumot
Sevimli qavatingizdan bir, ikki va uch xonali xonadonlardan birini sotib olishingiz mumkin. Ularning maydoni 56 m² dan 151 m² gacha. Majmuadagi issiq suv ta'minoti tizimi markaziy emas, alohidadir.