“Huvaydo” yetti qavatli turarjoy majmuasi Chilonzor tumani, Al-Xorazmiy koʻchasida joylashgan. 6ta turarjoy binosi umumiy maydoni 20 ming kvadrat metr boʻlgan hududda qurilgan boʻlib, zarur ijtimoiy obyektlar bilan oʻralgan. Yaqin atrofda sizga kerak boʻladigan hamma narsa bor — dorixonalar, doʻkonlar va kafelar, bir necha daqiqalik masofada 101-sonli maktab va bolalar bogʻchalari joylashgan. Transportda bir necha daqiqada Dream Parkka (Gʻafur Gʻulom nomidagi istirohat bogʻi) borib, oilangiz yoki doʻstlaringiz bilan maroqli vaqt o'tkazishingiz mumkin.
Infratuzilma
Turarjoy majmuasi nafaqat yaxshi joylashuvga, balki ichki rivojlangan infratuzilmaga ham ega. Hovli chiroyli landshaft bilan obodonlashtirilgan. Butun yashil zonaning umumiy maydoni 6900 m²ni tashkil qiladi. Hovlida favvora va skameykalar, shuningdek, bolalar maydonchalari va sport bilan shugʻullanish uchun joylar qurilgan. Binolar yuqori sifatli Finlyandiyaning Kone liftlari bilan jihozlangan, ular shovqinsiz va yuqori tezlikda ishlaydi. 200ta toʻxtash joyiga ega avtoturargoh avtomobilingiz xavfsizligini taʼminlaydi. Majmua professional xavfsizlik xizmati himoyasi ostida. Shuningdek, butun hudud boʻylab videokuzatuv kameralari 24/7 ishlab turadi.
Xonadonlar
Turarjoy majmuasi 133 m² gacha boʻlgan tayyor taʼmirlangan ikki, uch va toʻrt xonali uylarni taklif etadi. Shiftlarning balandligi 3,2-3,4 metr. Uylar zamonaviy uslubda, energiya tejovchi, yorugʻ va keng qilib qurilgan. Shovqin oʻtkazmaydigan oynalar oʻrnatilgan.