Gulbadanbegim turar-joy majmuasi Mirzo Ulug’bek tumani Gulbadanbegim ko’chasida joylashgan. Bino zamonaviy uslubda, barcha zamonaviy standartlarga mos va zilzilaga chidamli qilib qurilgan. Binoning tashqi qismi oq rangda, namlik va yorug’likni o’tkazmaydigan qilib qurilishi rejalashtirilgan. Zamonaviy lift, videokuzatuv tizimi, avtoturargoh, bolalar maydoncha va boshqa zaruriy ijtimoiy jihatlari loyihaga kiritilgan.
Infratuzilma
Majmua shaharning markazida joylashgan. Yaqin atrofda mahalla fuqarolar yig’ini idorasi, Chexiya elchixonasi, bolalar bog’chasi, poliklinika va xususiy tibbiyot markazlari, oziq-ovqat do’konlari, Tepamasjid masjidi, maktab, kollej va institutlar, apteka va sport zallar, turli do’konlar joylashgan.
Xonadonlar
Majmua komfort sinfida bo’lib, xonadonlar 47 metr kvadratdan boshlanadi. 1,2 va 3 xonali xonadonlar mavjud. Barcha kerakli kommunikatsiya tizimlari o’rnatilgan, oq suvoq holatda to’liq ta’mirlanib topshiriladi.