Golden Hills - 10 ta 16 qavatli binolarni o'z ichiga oladi. Unda jami 1080 ta xonadon mavjud bo'lib, kelajakda aholiga turli xil rejalashtirish variantlarini taqdim etadi. Majmuaning umumiy maydoni 2 gektarni tashkil etadi. Bu esa 3240 dan ortiq yashovchilar uchun qulay muhitni yaratadi.
Golden Hillsda istiqomat qiluvchilar uchun ikki qavatli yer osti avtoturargohi mavjud bo'lib, avtomobillarni qulay joylashtirish imkonini beradi. Ichki hovli transport va begonalardan himoyalangan, bu esa xavfsizlik va xotirjamlikni ta'minlaydi. Ochiq havoda sport bilan shug'ullanish uchun xovlida trenajorlar mavjud.
Videokuzatuv tizimi hududning barcha qismlarini va kirish yo'llarini qamrab olgan. Golden Hills xonadonlari terassalar bilan jihozlangan bo'lib, aholiga toza havodan bahramand bo'lish va panoramali manzaralardan zavqlanish imkonini beradi.
Golden Hills TJM infratuzilmasi
Golden Hills aholiga nafaqat turar-joy, balki bir qadam yaqinlikdagi keng ko'lamli tijorat maydonlarini ham taqdim etadi. Majmua hududida savdo markazi ham mavjud bo'lib, yashovchilar ortiqcha ovoragarliksiz kunlik ehtiyoji kerakli narsalarni topishi mumkin.
Golden Hills TJM xonadonlari
Bir xonali xonadonlar 41 dan 43 kvadrat metrgacha, har birida balkon mavjud.
Ikki xonali xonadonlar 55 dan 72 kvadrat metrgacha.
Barcha xonalar alohida, panoramali derazalar bilan ta'minlangan.
Uch xonali xonadonlar maydoni 70 dan 130 kvadrat metrgacha.
Xonadonlarning rejalashtiruvi xavo almashuvini ta'minlovchi qilib qurilgan. Bu shuni anglatadiki, hovliga ham, ko'chaga ham qaraydigan derazalar mavjud.