"Fortaleza" - bu zamonaviy, shu bilan birga tinch joyda joylashgan turar - joy majmuasi. Loyiha asoschisi Simplex Buildings qurilish kompaniyasi hisoblanadi. Majmuaning umumiy maydoni 5 600 kvadrat metrni egallaydi va uylarning mustahkamligiga e'tibor va innovatsion yondashuvlar uni ko'chmas mulk bozorida yanada qadrli bo'lishiga sabab bo'ladi. To'qqiz qavatli bino zilzilaga chidamlilik darajasini hisobga olgan holda qurilgan bo'lib, bu aholining xavfsizligi va qulayligini ta'minlaydi.
"Fortaleza" turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Majmuaning tashqi va ichki infratuzilmasi boydir. Piyoda bir necha daqiqalik masofada Mirzo - Ulug'bek metrosiga borish mumkin. Shuningdek, uydan uzoq bo'lmagan joyda Parus savdo markazi, bozor, 184 - maktab va bolalar bog'chasi joylashgan. Bo'lajak yashovchilarga nafaqat zamonaviy xonadonlar, balki dam olish zonalari bo'lgan chiroyli hovli ham taqdim etiladi. Hovlida siz bolalar va sport maydonchasini ko'rishingiz mumkin. Xavfsizlikka ishonch hosil qilish uchun zamonaviy kuzatuv kameralari o'rnatilgan. Yer osti avtoturargohi uy egalari va ularning mehmonlari o'z transport vositalarini qulay tarzda joylashtirishlari uchun tashkil etilgan.
"Fortaleza" turar - joy majmuasining xonadonlari
Turlicha rejalashtiruvga ega xonadonlar 1 xonalidan 4 xonaligacha bolgan keng hududni taqdim etadi. Xonadonlarning maydoni 57 kvadrat metrdan 125 kvadrat metrgacha. Majmua o'z aholisini har jihatda ilg'or bo'lgan turmush darajasidan bahramand bo'lishga taklif qiladi. Xonadonlar egalariga toza ishlov ko'rinishida topshiriladi.