"Feruza" - yangi 8 qavatli komfort-klass turar-joy majmuasi klassik uslubda qurilgan va qulay joyda joylashgandir. Binoning tashqi ko`rinishida ochiq ranglardan foydalanilgan. Bu esa binoga yanada nafislikni beradi. Hududning umumiy maydoni 3500 m² ni tashkil etadi. Majmuaning uy egalari yetarlicha qulaylikni his qilishlari uchun qurilish materiallardan boshlab xonadon eshiklarigacha eng sifatlilaridan foydalanilgan.
To`laqonli hayotga zarur bo'lgan barcha sharoitlarni yaratish uchun loyiha ustida tajribali mutaxassislar ish olib bordilar.
Ushbu xonadonlarni sotib olish orqali siz o'zingiz va yaqinlaringizning turmush tarzini yaxshilash va ularning xavfsizligini ta'minlash imkoniyatiga ega bo'lasiz.
"Feruza" turar-joy majmuasining asosiy xususiyatlari
Bino shovqindan uzoqda, ammo shaharning rivojlangan joyida joylashgan.
Metro, maktab, bolalar bog'chasi, savdo markazi va poliklinika majmuaga yaqin masofada mavjud.
O'yin maydonchasi, sayr yo'lakchasi, workout maydoni va dam olish zonalari binoning hovlisini yanada chiroyli qiladi. Hovlini toza va mashinasiz keng ko`rinishi uchun yopiq avtoturargoh ham mavjud.
Bolalar yoz kunlarida dam olishlari uchun zamonaviy ochiq hovuz qurilgan.
"Feruza" turar-joy majmuasining xonadonlari
Bino qurilishida issiqlikni ushlab turish va sovuqni o`tkazmaslik maqsadida yuqori sifatli g'isht ishlatilgan. 66 m² dan 104 m² gacha bo'lgan 1 va 3 xonali xonadonlar sotuvga mo'ljallangan. Har bir xonadonda alohida isitish tizimi haroratni mustaqil ravishda boshqarish uchun juda qulaydir.