Sharqona uslubda qurilgan Fayus turar-joy majmuasi Yakkasaroy tumanida shaharning markaziy ko’chasi yaqinida joylashgan, Majmuadagi uylarning fasad qismi zamonaviylik va sharqona uslubni o’zida birlashtirgan dizaynga ega. Turar-joy majmuasi kechayu kunduz videokuzatuv nazorati ostida qo’riqlanadi. Zamonaviy liftlar har bir uylarning kirish qismida joylashgan. Majmuada yashovchilarning soniga mutanosib avtoturargohlar mavjud. Bolalar maydonchasi va sayr yo’laklari mavjud.
Infratuzilma
Majmua yaqinida ta;lim muasssasalari jumladan 2 ta instuitut, 2 ta davlat umum ta’lim maktabi va bolalar bog’chasi mavjud. 2 ta masjid, supermarket, mahalla fuqarolar yig’ini idorasi, janubiy temir yo’l vokzali, 2 ta avtomobillarga yoqilg’i quyish shaxobchasi, shifoxona, Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti, oshxona va kafelar hamda turli do’konlar joylashgan.
Xonadonlar
Xonadonlar tugallanmagan ta’mir xolatida topshiriladi. Bu xonadon egalariga o’z didiga mos dizaynda pardozlab olishiga imkon beradi.