"Diamond City" - mamlakatimizdagi eng yirik turar-joy majmualaridan biridir. 11 qavatli bino klassik uslubda qurilgan. Xaridorlar zamonaviy xonadonlarni sotib olayotganda joylashuv va boshqa sharoitlarni hisobga olishadi. Majmua Yunusobod tumanida joylashgan. Hovli va xonadonlarda yaratilgan sharoitlar zamonaviy uy haqidagi orzuingizni amalga oshiradi. Bu yerda siz ko'p xonali xonadonlar va biznesingiz uchun savdo maydonlarini ko'rishingiz mumkin.
Hovlidagi qulayliklardan biri 6 qavatli avtoturargohdir. Uning yuqori qavati futbol va basketbol maydonchasi uchun mo'ljallangan.
"Diamond City" TJM infratuzilmasi
Majmua yonida Shahriston metrosi, 58-maktab, restoran, park, tibbiyot markazi, hayvonot bog'i, Akvaland Tashkent, Chinobod masjidi joylashgan.
Hovli zamonaviy landshaft dizayniga ega. Unda dam olish maskani va sayr yo'lakchasi mavjud. Sog'lom turmush tarzini yaratish uchun maxsus workout zona ham tashkil etilgan.
Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida zamonaviy kuzatuv kameralari o'rnatilgan. Qorovul esa majmuadagi vaziyatni kechayu kunduz nazorat qiladi. Ushbu joydan ko'chmas mulk sotib olish orqali siz oilangizni qulaylik va xavfsizlik bilan ta'minlaysiz.
"Diamond City" TJM xonadonlari
Binoning umumiy maydoni 3600 m² ni tashkil etadi. Shift balandligi 3 metr bo'lgan 1,2,3 xonali xonadonlar sotuvga qo'yilgan. Majmuaning 1- va 2-qavatlari savdo va ofis uchun mo'ljallangan.
Qurilishda yuqori sifatli materiallar ishlatilgan. Har bir xonadonga domofon o'rnatilgan.