Aliakbar Stroy Servis tomonidan qurilgan “Darkhan Avenue” yangi turarjoy majmuasi Toshkent shahri markazida barpo etilgan. Oʻn qavatli binolarda turli loyiha va maydonlarga ega xonadonlar joylashgan: maydoni 57 kvadrat metr boʻlgan bir xonali uylardan tortib maydoni 324 kvadrat metr boʻlgan ikki qavatli uylargacha. Bu rivojlangan infratuzilmaga ega hududda premium toifasidagi uy sotib olish uchun ajoyib imkoniyatdir!
Qurilish haqida batafsil
Turarjoy majmuasidagi xonadonlar toʻliq taʼmirlanmagan holda topshiriladi. Ulardagi shiftlarning balandligi 3,3 metrni tashkil qiladi. Ishlab chiqaruvchi Germaniyaning Rehau kompaniyasidan ikki qavat oynali derazalarni, shuningdek, kirish eshiklarini va isitish tizimini oʻrnatadi. Uylarda barcha muhandislik kommunikatsiyalari oʻtkazilgan boʻladi. Devorlar yuqori issiqlik izolyatsiyasi va chidamliligini taʼminlanish maqsadida gʻishtdan qilingan. Fasad qismi uchun Venetsiyaning Ottocento shtukaturkasi ishlatilgan.
Infratuzilma
Darkhan Avenue 24/7 videokuzatuv olib boriladigan yopiq hududli turarjoy majmuasidir. U xavfsiz yer osti va yer usti avtoturargohlarga ega. Dam olish va sayr qilish uchun chiroyli yashil maydonlar bor. Bundan tashqari, u qulay tarzda dorixonalar, doʻkonlar va kafelarga yaqin joylashgan, hududning ichida esa bolalar bogʻchasi ishlaydi. Rang-barang oʻyin maydonchasi bolalaringizga, albatta, yoqadi.
Turarjoy majmuasi yaqinida bir nechta tibbiyot muassasalari joylashgan. Yaqin atrofda ikkita istirohat bogʻi bor: Ekopark va Markaziy bogʻ, u yerda maroqli dam olishingiz va yashil maydonlar, toza havo, attraksionlardan bahramand boʻlishingiz mumkin. Shuningdek, Hamid Olimjon va Pushkin metro bekatlari majmuaga yaqin joylashgan.