Choshtepa ko’chasida joylashgan ushbu majmua Britaniya uslubida qurilgan bo’lib, o’zida qulaylik va shinamlikni aks ettirgan. Shahar markazida qurilgan mustahkam va sifatli majmuada barcha sharoitlar yaratilgan. Yashil hududga ega hovli, bolalar va sport maydonchasi, sayr yo’laklari, yopiq va ochiq avtoturargoh, besedkalar barpo etilgan. Bino 6 qavatli bo’lishiga qaramay, asosiy e’tibor yashovchilarga qulaylikni ta’minlashga qaratilgan.
Infratuzilma
Majmua Choshtepa ko’chasi yaqinida joylashgan. Yaqin atrofda barcha kerakli infratuzilma obyektlari mavjud. Ta’lim va tibbiyot muassasalari, oziq-ovqat do’konlari, masjid, oshxona va kafelar, turli xizmat ko’rsatish shaxobchalari ayniqsa metro bekati 13 daqiqalik piyoda masofada joylashgan.
Xonadonlar
Majmua komfort sinfiga oid bo’lib, xonadonlarning maydonu 46,8 metr kvadratdan boshlanadi. Xonadonlarda shift balandligi 3 metrdan yuqori. Har bir xonadonda katta oynali derazalar joylashgan. Loyiha quyosh nurlarining yaxshi tushishi va xonani tabiiy yoritishoga moslab qurilgan. Xonadonlarda balkonlar mavjud. Barcha zamonaviy kommunikatsiya tizimlari ulangan holda o’z egalariga topshiriladi.