“Brilliant City” Samarqand markazidagi zamonaviy turarjoy majmuasi boʻlib, u yerda biznes-klass toifasidagi koʻchmas mulk sotib olishingiz mumkin. Majmuaning hayratlanarli zamonaviy arxitekturasi shahar landshafti fonida ajralib turadi. U koʻp funksiyali turarjoy majmuasi boʻlib, biznes egalariga pastki qavatlarida 32dan 120 kvadrat metrgacha boʻlgan tijorat binolarini taqdim etadi.
Infratuzilma
Turarjoy majmuasida qulay va xavfsiz yashashingiz uchun barcha sharoit mavjud. Qahvaxonalar, restoranlar, supermarketlar, dorixonalar yaqin masofada joylashgan. Majmuaning oʻzida xususiy klinika, bolalar bogʻchasi va maktab qurilishi rejalashtirilgan. 1000 oʻringa moʻljallangan yer osti avtoturargohi bilan aholi toʻxtash joyi va avtomobil xavfsizligi bilan bogʻliq muammolarga duch kelmaydi, hovli esa sokin va mashinalardan holi boʻladi. Favvoralar, skameykalar, yashil maydonlar va oʻyin maydonchasi butun oilangizni ochiq havoda maroqli dam olishini taʼminlaydi. Shuningdek, yuqori texnologiyali uslubda taʼmirlangan tadbirlar zali mavjud boʻlib, u yerda biznes uchrashuvlari, konferensiyalar, treninglar va master klasslar oʻtkazish mumkin. Turarjoy majmuasi hududi kecha-yu kunduz qoʻriqlanadi va videokuzatuv amalga oshiriladi, har bir korpusga kiraverishda domofonli ishonchli eshiklar oʻrnatilgan.
“Brilliant City” turarjoy majmuasidagi uylar
26 qavatli binolarda jami 668ta xonadon joylashgan. Ular oʻz egalariga tayyor holda topshiriladi, koʻchishdan oldin taʼmirlashga vaqt va kuch sarflamaysiz. 3,2 metr balandlikdagi shiftlar va panoramali derazalar xonadonlarda kenglik va yaxshi tabiiy yorugʻlikni taʼminlaydi.