“Bahor” turar-joy majmuasi Samarqand shahrida joylashgan. Majmua fasadi tabiiy toshdan yasalgan bo‘lib, binoga nafis va elegan ko‘rinish beradi. Panoramali liftlar har qanday qavatga tez va qulay kirishni va hudud manzarasidan bahramand bo‘lish imkonini yaratadi. Yopiq hudud va videokuzatuv tizimi barcha aholi uchun xavfsizlik va osoyishtalikni kafolatlaydi.
Infratuzilma
Majmua rivojlangan infratuzilmaga ega. Majmuaga yaqin joyda maktablar va bolalar bog‘chalari joylashgan. Majmua ro'parasida «Aziz» bozori joylashgan bo‘lib, aholi yangi mahsulotlar va boshqa kerakli narsalarni sotib olishi mumkin.
Yopiq va qo‘riqlanadigan hovli bolalar uchun xavfsizlikni ta'minlaydi, ular ochiq havoda erkin o‘ynab vaqt o‘tkazishlari mumkin. Hovlidagi zamonaviy bolalar maydonchalari bolajonlar uchun faol va xavfsiz dam olishni ta'minlaydi, ota-onalar esa farzandlari uchun xotirjam bo‘lishadi.
Majmuaning yer usti va yer osti avtoturargohi yana bir katta afzallik hisoblanadi. Qulay va xavfsiz avtoturargoh aholini mashina qo‘yish joyini izlashdan xalos qiladi va qo‘shimcha qulaylikni ta'minlaydi.
"Bahor" turar-joy majmuasida savdo binolari mavjud bo‘lib, ular aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi. Majmua hududida do‘konlar, kafe, dorixonalar va boshqa muassasalarning mavjudligi kundalik hayotni yanada qulaylashtiradi.
Xonadonlar
Aholi o‘z didi va budjetidan kelib chiqqan holda pardozlangan yoki qora duvoq holidagi xonadonlarni tanlashi mumkin.
53 m², 54 m², 56 m² va 60 m² maydonga ega bir xonali xonadonlar shinamlik va komfortni qadrlaydigan yosh juftliklar yoki yolg‘iz yashaydigan kishilar uchun mos keladi.
62 m² dan 87,5 m² gacha bo‘lgan ikki xonali xonadonlar bolali oilalar uchun yanada kengroq yashash joyini taklif etadi. Maydon variantlari: 62 m², 68 m², 69,5 m², 71,5 m², 83,5 m², 84 m² va 87,5 m².
100,5 m², 109 m² va 123 m² maydonga ega uch xonali xonadonlar katta oilalar uchun ideal bo‘lib, ko‘proq joy talab qiladi.
140 m² maydonga ega to‘rt xonali kvartiralar esa to‘qqizinchi qavatda joylashgan bo‘lib, shahar manzarasi bilan hashamatli yashash sharoitlarini taqdim etadi.
Alohida e'tibor, o‘z hovlisiga ega pentxauslarga qaratilgan bo‘lib, ular dam olish uchun qo‘shimcha joyni ta'minlaydi va shaharning markazida yolg‘izlik va tinchlikdan bahramand bo‘lish imkonini yaratadi.