Alfa City turar-joy majmuasi ko'pchilikka tanish bo'lgan "Alfa Trade Center" savdo markazining ro‘parasida joylashgan. Ushbu turar-joy majmuasi Abu Saxiy, Ippodrom, Chinnibozor, Bekbaraka bozorlariga yaqin yashash imkoniyatini beradi. Majmua 24/7 rejimida videokuzatuv nazorati ostida qo’riqlanadi. Majmuaning o’zida xavfsiz bolalar maydonchasi va sport majmuasi bor.
Infratuzilma
Turar-joy majmuasi yaqinida yaxshi rivojlangan infratuzilma mavjud bo‘lib, aholi uchun qulaylik va shinamlikni ta’minlaydi. Piyoda yurish masofasida masjid, turli yoshdagi bolalar uchun sifatli ta’lim beruvchi maktab joylashgan. Oilali kishilar uchun yaqin atrofda bolalar bog‘chalari mavjud bo‘lib, bu majmua oilalilar uchun juda qulaydir.
Shuningdek, yaqin masofada tibbiyot birlashmasi va xususiy klinikalar joylashgan. Yaqin atrofda turli taomlarni taklif qiluvchi kafe va restoranlar, shuningdek, dam olish va sayr qilish uchun mo‘ljallangan joylar mavjud.
Xonadonlar
Xonadonlar 29 dan 70 kvadrat metrgacha bo‘lgan turli o‘lchamlarda va rejalashtirish variantlarida taqdim etiladi. Xonadonlarda xorijiy standartlarga mos eshik va derazalar, shuningdek, katta oynalar o‘rnatilgan bo‘lib, tabiiy yorug‘likni ta’minlaydi. Xonadonlar elektr energiyasi, santexnika va isitish tizimlari kabi barcha kommunikatsiya tizimlari o‘rnatilgan holda topshiriladi.