Euro House kompaniyasidan yangi “Al-Qasr” turarjoy majmuasi Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan. U 13 qavatli 16 ta binodan iborat, umumiy maydoni esa 33 000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Rivojlangan infratuzilmaga ega bo'lgan hudud tufayli aholi bu yerda o’ziga kerak bo’lgan hamma narsani yaqin atrofdan topa oladi.
Xonadonlar
Turarjoy majmuasi bir xonali, ikki xonali, uch xonali uylarni taklif qiladi. Ulardagi maydon 40 dan 94 kvadrat metrgacha. Ular pardozlash ishlarisiz topshiriladi, ammo to’liq ta'mirlab berishlariga buyurtma berishingiz ham mumkin. Har bir xonadonda balkon yoki terassa bor. Bir kvadrat metrning narxi 7,5 million so‘mdan boshlanadi. Qulay muddatli to’lov rasmiylashtirish imkoniyati mavjud. Xonadonlar 2024-yilda tayyor qilinib o’z egalariga topshirilishi rejalashtirilgan.
Infratuzilma
Yashil hovli rangbarang va xavfsiz konstruksiyalarga ega bolalar maydonchasi bilan jihozlangan. Avtomobil egalari uchun avtoturargoh ajratilgan. Turarjoy majmuasida sayr qilish va dam olishga yoqimli muhit bo'lishi uchun juda ko'p yashil maydonlar yaratiladi.
Binolarning birinchi qavatlari do’konlar uchun ajratilgan, bu tufayli aholiga zarur bo'lgan hamma narsa uydan birqadamlik masofada bo'ladi. Turarjoy majmuasi yaqin atrofdagi jamoat transporti bekatlari, suzish havzasi, istirohat bog'i va Makro supermarketi kabi bir qancha qulayliklarni taklif etadi. O‘rikzor bozori ham majmuaga juda yaqin joylashgan. Yaqin atrofda 276-maktab, bolalar bog'chasi, oilaviy poliklinikalar ishlaydi.